
Jurnalistik surishtiruv: "Paxtakor" va "Navbahor" nega "Olimpik" futbolchilarini qo‘lga kirita olmadi?
Avvalroq, "Olimpik" o‘z futbolchilarini boshqa klublarga qo‘yib yubormaslikni reja qilgani haqida xabar bergandik. Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev bu borada jurnalistik surishtiruv ishlarini olib bordi va o‘z xulosalarini ma’lum qildi:
"Olimpik" futbolchilariga (jamoa bilan kontrakti yakunlanmaganlar nazarda tutilmoqda) boshqa jamoaga o‘tish uchun ruxsat bermagani bor gap.Rahbariyat proektning eng muhim pallasida tavakkal qilmaslikka qaror qilgan.Sababi, 17 yanvar sanasida yig‘inga kirishadigan Olimpiya terma jamoasi a’zolari deyarli bahorning so‘nggi kunlariga qadar yig‘in, o‘rtoqlik o‘yinlari va Osiyo chempionati bilan band bo‘ladi".
"Biror bir klubga o‘tgan taqdirda ham, futbolchi yozga qadar yangi jamoasiga yordam bera olmasligi aniq. Shu va boshqa detallarni hisobga olgan "Olimpik" rahbariyati Abdurauf Bo‘riev, Otabek Jo‘raqo‘ziev, Saidazamat Mirsaidov, Alisher Odilov transferini (vaholanki klub futbolchilarni tekinga qo‘yib yubormayotgan edi) yozga qadar "muzlatdi". Temur Mamasiddiqov jarohati borligi va yakuniy qaydnomada bo‘lish ehtimoli kamligi sababli "Lokomotiv"ga qo‘yib yuboriladi.
"Navbahor" bilan Turkiyaga yo‘l olgan Mirsaidov va Odilovlar Olimpiya terma jamoasining yig‘iniga Turkiyada qo‘shiladigan bo‘ldi. Ular "lochinlar" bilan kontrakt (kamida yozgacha) imzolamaydi. Bo‘rievni "Paxtakor"ga 99 foiz xal bo‘lgan transferi xam "otmen".
Fikrlar