
Joyida qolgan Erik ten Xag jamoaga zo‘r to‘purar tanladi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi sifatida ishini davom ettiradigan Erik ten Xag tarkibni shakllantirishga kirishdi.
Manchesterliklar anchadan beri ko‘p gol ura oladigan hujumchiga ehtiyoj sezmoqda.
O‘tgan mavsum jamoa tarkibida yarim himoyachi Brunu Fernandesh va hujumchi Rasmus Xyoylunn o‘ntadan gol urdi. Bu yuqori maqsad uchun kurashadigan jamoa uchun kamlik qiladi.
Erik ten Xag kelasi mavsum uchun asosiy to‘purar sifatida Brayan Brobbini tanladi. “Ayaks” futbolchisi Niderlandiya chempionatida 30 ta uchrashuvda 18 ta gol urib, jamoasining eng yaxshi to‘purari bo‘lgandi.
22 yoshli hujumchi 2021 yildan beri “Ayaks”ning asosiy tarkibi vakili hisoblanadi.
Brobbining amsterdamliklar bilan shartnomasi 2027 yilning yarmigacha imzolangan. Bu transferni amalga oshirish uchun manchesterliklar 35 million evro atrofida xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar