
Joshua - Dyubua jangining ehtimoliy sanasi ma’lum qilindi
Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasi sobiq chempioni Entoni Joshua va IBF interim kamari sohibi Daniel Dyubua o‘rtasidagi jang kuzda Buyuk Britaniyada o‘tkazilishi mumkin.
"Daniel Dyubua vaqtinchalik IBF kamarini qo‘lga kiritib, barcha tanqidchilarning ovozini o‘chirib qo‘ya oldi. Umid qilamanki, u kuzda Entoni Joshua bilan jang qiladi. Biz bu borada ishlayapmiz, u o‘zini yaxshi ko‘rsata oldi.
Biz ularning jangini Buyuk Britaniyada tashkil qilmoqchimiz. Ikki britaniyalik o‘rtasidagi to‘qnashuv "Uembli" arenasini mukammal tarzda to‘ldiradi.
Keyinroq matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi va aniq sanasini ham elon qilamiz", - dedi Frenk Uorren.
Fikrlar