
Joshua - Dyubua jangida kim g‘alaba qozonadi?
Aleksandr Usikning promouteri Aleksandr Krasyuk Daniel Dyubua (21-2, 20 KO) va Entoni Joshua (28-3, 25 KO) jangi uchun o‘z prognozlarini bildirdi.
"Menimcha, bu bahsda Joshua yaqqol favorit. G‘alaba imkoniyati - 90/10, Entonining foydasiga beraman. Dyubua yosh va baquvvat bokschi, biroq texnika va tajriba jihatdan Joshua ancha kuchliroq. U "ikkinchi yoshligi" ni o‘tkazyapti" , - dedi promouter.
Eslatib o‘tamiz, Dyubua — Joshua jangi 21 sentyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar