
Jorj Sen-Per, Shon O'Melli va Ronda Rauzi haqida qiziqarli ma’lumotlar!
Barchamizga ma’lumki, Jorj Sen-Per, Shon O'Melli va Ronda Rauzi MMA tarixidagi eng buyuk jangchilardan hisoblanadi. Biroq ular haqida bilmagan ma’lumotlarimiz ham talaygina.
Masalan, Sen-Perni olaylik. Ajoyib texnika va strategik jang uslubiga ega yigit avval gimnastika bilan shug‘ullangan. Ingliz va frantsuz tillarida bemalol suhbat qiladigan Jorj muxlislar bilan ham oson til topisha olar edi. Shuningdek, u jang falsafasi va mashg‘ulot rejimi haqida kitob yozgan.
Noyob soch turmagi va tatuirovkalari bilan ajralib turuvchi Shon O'Melli esa yoshligida o‘rta maktabni tashlab ketishga majbur bo‘lgan.
UFC yulduzlaridan yana biri Ronda Rauzi bir nechta taniqli filmlarda suratga tushgan. Shuningdek, u Olimpiya o‘yinlarida bronza medalini ham qo‘lga kiritgan.
Fikrlar