
Jon Stounz: "Gvardiola tarixdagi eng buyuk murabbiy!"
Angliya terma jamoasi va "Manchester Siti" klubi himoyachisi Pep Gvardiola haqida iliq fikrlarni bildirib o‘tdi.
"Men Pep qo‘l ostida futboldagi bilimlarimini oshirib oldim.Ungacha bu borada etarlicha fikrlarga ega emasdim. Gvardiola o‘yinni juda yaxshi qura oladi va yigitlarga motivatsiya bera oladi.
So‘zsiz, u futbol tarixidagi eng yaxshi murabbiy", - dedi Stounz.
Eslatib o‘tamiz, Jon Stounz Pep Gvardiola qo‘l ostida "Manchester Siti" bilan Angliya chempionati va Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.
Fikrlar