
Jon Jons yana nechta jang o‘tkazmoqchi ekanligini ma’lum qildi.
MMA tarixidagi eng yaxshi jangchilardan biri Jon Jons (26-1) Bleacher Reportga bergan intervyusida yana uch yoki to‘rtta jang o‘tkazishini aytdi. Jons ko‘p yillar davomida yarim og‘ir vazn toifasida UFC chempioni bo‘lgan va endi og‘ir vazn toifasida ishtirok etadi.
"Men og‘ir vazn toifasida g‘oliblikni qo‘lga kiritishni, uni eng kuchlilarga qarshi ikki-uch marta himoya qilishni, so‘ngra xayriya va gumanitar ishlar bilan shug‘ullanishni istardim", - dedi 33 yoshli Jons.
Jons mart oyida o‘tkaziladigan Stipe Miochich va Fransis Ngannu o‘rtasidagi jang g‘olibi bilan to‘qnash kelishi ko‘zda tutilmoqda.
Fikrlar