
Jokovich ketma-ket 7-marta bu natijaga erishdi
Jahonning birinchi raketkasi Novak Jokovich Rimdagi "Masters" turnirining yarim finaliga chiqdi. Dominik Kepfera bilan kechgan bahs serbiyalikning 6:3, 4:6, 6:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
E’tiborlisi, Jokovich o‘z faoliyati davomida 11-bor ushbu musobaqaning yarim finaliga chiqishni uddaladi. Shulardan 7 tasi ketma-ket erishilgan hisoblanadi.
Endi 17 karra "Katta dubulg‘a" g‘olibi hal qiluvchi uchrashuvda 21 yoshli Kasper Ruudga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar