Joel Dias: "Murodjon Ahmadaliev o‘z vaznida eng kuchli pancher"

  • 3 aprel, 2021, 00:51
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Murodjon Ahmadaliev kamarlarini yaponiyalik da’vogar Ryosuke Ivasadan himoya qiladi. Jang oldidan uning murabbiYI Joel Diasga ba’zi savollar bilan murojaat qildik.

- Avvalo, O‘zbekistonga xush kelibsiz! Bilamizki, Murodjon Ahmadaliev harakat qilayotgan birinchi yarim engil vazn toifasida 1997-2000 yillarda Erik Morales, Marko Antonio Barrera kabi yulduz bokschilar harakat qilgan. Aytingchi, hozirgi davrda ushbu vazndagilar mashhurlik borasida ular bilan raqobatlasha oladimi?

Tecno

- Rahmat. Bu erda bo‘lib turganimdan mamnunman! Savolga keladigan bo‘lsak, hozir ham ularning darajasiga chiqa oluvchi bokschilar bor, deb o‘ylayman. Ushbu vaznda faoliyati olib borayotgan Luis Neri, Stefan Fulton, Brendon Figeroa kabi kuchli bokschilar o‘sha avlod kabi mashhurlikka erisha oladilar. Bu vaznda raqobat juda katta. Morales va Barreralar o‘tmishga aylandi. Kelajak esa hozirgi avlod qo‘lida.

- Aytingchi, hozirgi ushbu vazndagi bokschiladan qay birining uslub jihatdan o‘sha mashhur Marko Antonio Barreraga o‘xshash, deb bilasiz?

- Barrera zarbasi kuchli, nokautchi bokschi bo‘lgan. Bu borada albatta, Ahmadalievni e’tirof etgan bo‘lar edim. Murodjon Ahmadaliev o‘z vaznida eng kuchli "pancher". Garchi, engil vaznda nokautlar qilish qiyin bo‘lsa-da, Murodjonda boshqalarga nisbatan kuchli zarba bor. Aynan, ushbu jihatlar uning Barreraga o‘xshashligini ko‘rsatib beradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!