Jo Joys va Chjiley Chjan revansh jangi sanasi va manzili rasman e’lon qilindi

  • 29 iyun, 2023, 22:20
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO
Professional boksning og‘ir vazn toifasida jang qiluvchi britaniyalik Jo Joys (15-1, 14KO) va xitoylik Chjiley Chjan (25-1-1, 20KO) o‘rtasidagi revansh jangi 23 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. WBO vaqtinchalik jahon chempionlik kamari uchun kechadigan bahs Londondagi "Uembli" arenasida o‘tkaziladi. 
 
14 aprel kuni bo‘lib o‘tgan birinchi jangda Chjang 6-raunda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongan edi. 
 
Eslatib o‘tamiz, Jo Joys Rio Olimpiadasi chorak finalida hamyurtimiz Bahodir Jalolovdan ustun kelgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!