Jiu-Jitsu. Qo‘qonlik Muhammadqodir Qozog‘istonda shoxsupaga ko‘tarildi

BEPUL PROPAN

So‘nggi yillarda mamlakatimizda ko‘plab sharq yakka kurashlari qatori Jiu-Jitsu ham yoshlar orasida tobora ommalashib bormoqda.

Joriy yilning 20-23 iyun kunlari Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida Jiu-Jitsu bo‘yicha 2009 yildan keyin tug‘ilgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida “Nur-Sultan open” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Aytish lozimki ilk bor o‘tkazilgan ushbu turnirda 23 nafar o‘zbekistonlik sportchi ishtirok etdi.

Sportchilar ushbu musobaqalarda 3 xil – “Ne-vaza” yo‘nalishlarida bahs olib borishdi.

Jumladan, 2007 yilda tug‘ilgan va 30 kg vazn toifasida ishtirok etgan qo‘qonlik iste’dodli sportchi Muhammadqodir Mahmudxonov “Ne-vaza” yo‘nalishida ishtirok etdi va faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritli.

Muhammadqodir  ushbu musobaqada jami 4 ta jang o‘tkazdi. Ularning 1 tasi turkmanistonlik, qolgan 3 tasi esa mezbon qozong‘istonlik sportchilarga qarshi kechdi.

Ta’kidlash lozimki, trener Shuhratjon Miraxmedov bir necha yildan Muhammadqodir Mahmudxonovga Jiu-Jitsu sirlarini o‘rgatib kelmoqda. Ta’kidlash lozimki, trener Shuhratjon Miraxmedov bir necha yildan Muhammadqodir Mahmudxonovga Jiu-Jitsu sirlarini o‘rgatib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 12 yoshli Muhammadqodir bahorda Buxoro shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

Yosh umidli sportchi Muhammadqodir Mahmudxonov ga saytimiz nomidan kelgusi faoliyatida omad tilab qolamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!