Jiddiy murabbiy kerak bo‘lsa, Mourino murojaat qilmang!

  • 23 aprel, 2023, 08:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning sobiq hujumchisi Antonio Kassano “Roma”ni boshqarayotgan Joze Mourinoni keskin tanqid qilishda davom etmoqda.

Tecno

Italiyalik futbolchi yaqinda “Qirollik klubi” portugaliyalik mutaxassisni bosh murabbiylikka qaytarmoqchi ekani haqida tarqalgan ma’lumotlarga munosabat bildirdi.

- Agar “Real”jiddiy murabbiy bilan ishlashni istasa, Joze Mourinoga murojaat qilishi kerak emas. Chunki u jamoaga hech narsa bera olmaydi, mehnat qilishni yoqtirmaydi, faqat gap sotadi. O‘zingizni ahmoq qilmang, - dedi Antonio Kassano.

Joze Mourino 2010-2013 yillar davomida Madrid klubida bosh murabbiy lavozimida ishlagan. Uning hozirgi jamoasi bilan shartnomasi 2024 yilning yarmigacha davom etadi. “Real” esa, Karlo Anchelotti o‘rniga kuchli murabbiy qidiryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!