Jezus Madridga yo‘l olishi mumkin

  • 16 noyabr, 2024, 10:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" hujumchisi Gabriel Jezus faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Todofichajes portali o‘z sahifalarida xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, braziliyalik forvardning transferiga Madridning "Atletiko" klubi jiddiy qiziqmoqda. Qayd etish lozimki, Gabrielning ayni damdagi transfer narxi 55 million evroga baholanmoqda. Futbolchining "kanonirlar" bilan shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Gabriel Jezus joriy mavsum Angliya Premer-ligasida to‘qqizta o‘yinda maydonga tushdi va afsuski birorta ham gol ura olmadi. "Arsenal" ayni damda APL turnir jadvalida 19 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.

"Atletiko" esa La Liganing ortda qolgan 13 turidan so‘ng 26 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!