
Jervonta "Tank" Devis hamda Frenk Martin jangi 8-raundda yakunlandi!
AQShning Las-Vegas shahri MJM Grand Garden arenasida PBC promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan professional boks oqshomining markaziy jangi ham o‘z yakuniga etdi. Unda engil vazn (61,2 kg) toifasida WBA chempionlik kamari uchun Jervonta "Tank" Devis hamda Frenk Martin bahs olib borishdi. Ikki mag‘lubiyatsiz seriya bilan kelayotgan bokschilarning qarama-qarshiligi yuqori tempda boshlandi. Jangning dastlabki raundlarida Martin yaxshi harakatlari va aniq zarbalari bilan yodda qoldi. Biroq, 4 -raunddan so‘ng Jervonta faollashdi va 8-raundda raqibini nokautga uratdi.
Shu tariqa Martin 18 ta g‘alabali seriyadan so‘ng, ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Jervonta esa faoliyatidagi 30-g‘alabasini qo‘lga kiritgan holda, mag‘lubiyatsiz odimini davom ettirdi.
Fikrlar