
Jervonta Devis avtohalokatga uchradi
Engil vazn toifasida o‘z janglarini o‘tkazadigan afsonaviy Floyd Meyvezerning shogirdi Jervonta Devis (24-0, 23 KO) avtohalokatga sababchi bo‘ldi.
U o‘zining boshqaruvidagi avtomobilni yuqori tezlikda haydab, qizil chiroqdan o‘tib ketgan va boshqa mashinaga borib urildi. Ushbu voqeada bir nechta inson jarohat olgan. Jervonta esa, voqea joyidan qochib qolgan.
Jervonta 1 noyabr tongida Leo Santa Kruzga (37-2-1, 19 KO) qarshi ringga ko‘tarilib, jangning 6-raundida ajoyib nokaut bilan g‘alabaga erishgan edi.
Fikrlar