
Jerrard "Liverpul"ning yana bir sobiq yulduzini APLga qaytarmoqchi
"Atletiko" Madrid hujumchisi Luis Suares faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, urugvaylik futbolchiga "Aston Villa"dan jiddiy qiziqish bor. Birmingemliklar boshqaruvini qo‘lga olgan Stiven Jerrard sobiq jamoadoshini olib kelmoqchi.
Avvalroq, angliyalik mutaxassis "Liverpul"ning boshqa bir sobiq futbolchisi Filippe Koutinoni APLga qaytargandi. Koutino "Aston Villa"dagi debyutidayoq MYu darvozasini ishg‘ol etdi.
34 yoshli Suaresning "matraschilar" bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Shundan so‘ng u erkin agent sifatida "tumanli albion"ga yo‘l olishi mumkin.
Fikrlar