“Jenoa” o‘zbek futbolchisini olish fikridan voz kechmadi!

  • 1 sentabr, 2021, 01:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik futbolchilarning Evropa hududidagi mamlakatlar chempionatlariga ko‘chib o‘tishini o‘zbek futbolining yutug‘i sifatida baholash mumkin. Ayniqsa, Eldor Shomurodovning A Seriyadagi muvaffaqiyatlari ortidan evropalik mutaxassislar, agentlar va skautlar o‘zbek futboli tarbiyalanuvchilariga qaratayotgani ham hech kimga sir emas.

Tecno

Yaqinda “Jenoa” mutasaddilari “Paxtakor”ning yosh himoyachisi Ibrohimxalil Yo‘ldoshevni transfer qilayotgani va futbolchimiz genuyaliklar bilan shartnoma imzolaganidan keyin Evropadagi jamoalardan biriga ijaraga berilishi haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Biroq, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev kutilmaganda Italiyaga emas, balki Rossiya chempionatiga yo‘l oldi. Premer-liga debyutanti “Nijniy Novgorod” o‘zbekistonlik himoyachini o‘z tarkibiga jalb qildi va hamyurtimiz Rossiya chempionatining 6-turida debyutini ham nishonlab ulgurdi.

W4O7W3W3rrlukLb6de5MkMBzV6v81I4XogVDXv77-796x445

Yangi jamoasida 6-raqamni olgan legionerimiz safarda “Ximki” jamoasiga qarshi 69 daqiqa davomida to‘p tepdi.

Transferlarga ixtisoslashgan transfermarkt portalidagi ma’lumotlarga ko‘ra, rossiyaliklar futbolchi uchun “Paxtakor”ga 250 ming evro miqdorida kompensatsiya to‘lagan va futbolchi bilan 2023 yilning 30 iyunigacha shartnoma imzoladi.

Masalani qiziq tomoni shundaki, “Jenoa” Ibrohimxalil Yo‘ldoshevni transfer qilishda imtiyoz huquqini o‘zida saqlab qoldi. Agar genuyaliklar o‘zbek futbolchisini olganidan keyin boshqa klubga transfer qiladigan bo‘lsa “Nijniy Novgorod” jamoasi transfer summasidan 10-15 foiz ulush olishi ham belgilab qo‘yilgan.

Futbolchining transferi bilan shug‘ullangan “ProSports Management” kompaniyasi mutaxassislar 20 yoshli hamyurtimizga bejizga “Nijniy Novgorod” jamoasiga o‘tishni tavsiya qilmagan. Aleksandr Kerjakov boshqarayotgan ushbu jamoa “Jenoa” uslubida – uchta markaziy himoyachi bilan o‘ynaydi. Bu jamoada legionermizning vazifasi to‘liq chap qanotni egallash. Ya’ni, u himoyadan hujumgacha bo‘lgan masofaga mas’ul.

“Jenoa” mutasaddilari Yo‘ldoshevning Rossiya premer-ligasida tajriba to‘plashi, o‘yinini kuchaytirishi, xorijiy chempionatga  moslashish ko‘nikmasini shakllantirishi kabi muhim omillarni inobatga olgan holda, voqealar rivojining shu taqlid davom etishiga rozilik bildirdi.

Ularning bu qarorga kelishiga A Seriya reglamentida bir jamoa Evropa Ittifoqi pasportiga ega bo‘lmagan uch nafardan ortiq futbolchini ro‘yxatdan o‘tkaza olmasligi sabab bo‘lgani ta’kidlanmoqda.  

Bizningcha ham, Ibrohimxalil Yo‘ldoshevning birdaniga Evropaga yo‘l olganidan ko‘ra, avval o‘zini Rossiya chempionatida sinab ko‘rgani ma’qul. Milliy chempionatimizning hozirgi saviyasi Superliganing eng zo‘r o‘yinchisiga ham kuchli beshlik ligalariga borib, birdaniga biror jamoa asosiy tarkibida o‘ynab ketadigan futbolchilarni tarbiyalaydigan darajada emas.

Hatto, Rossiya premer-ligasida ham qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha etakchilar qatorida e’tirof etilgan Eldor Shomurodov ham Genuyaga ko‘chib o‘tganidan keyin “Jenoa” tarkibidan muqim joy olish uchun anchagina ter to‘kishiga to‘g‘ri kelganini ham ko‘rdik.

20053569_61_0_818_568_1920x0_80_0_0_60d9d6c08ffea791aec53c2279d21aba

Hozir Joze Mourino qo‘l ostida “Roma”da asosiy tarkibdan joy olishga kurashayotgan Shomurodov ham Ibrohimxalilga Italiyadan oldin Rossiya chempionatiga o‘tib, tajriba oshirishni masalahat berdi.

Endi buyog‘iga ko‘p narsa  Ibrohimxalil Yo‘ldoshuvning o‘ziga bog‘liq bo‘ladi. U ham Eldor Shomurodov singari o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi sari tinimsiz intilsa va bu yo‘lda har qanday mashaqqatni engib o‘tsa, unga ham kuchli beshlik chempionatlari ochilib boraveradi.

Rossiya chempionatiga Shomurodov maslahati bilan o‘tdim!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!