
"Jenoa" bosh murabbiyi "Inter"ga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi
Bugun Italiya chempionati 24-turida "Inter" - "Jenoa" bahsi bo‘lib o‘tadi. Bellashuvga Milan shahridagi "San-Siro" (Juzeppe Meatstsa) stadioni mezbonlik qiladi.
Uchrashuv oldidan genuyaliklar ustozi Davide Ballardini matbuot anjumanida ishtirok etdi va quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
- "Jenoa" futbolchilari bellashuvga yaxshi kayfiyatda etib kelishdi. Chempionatning eng kuchli jamoalaridan biri "Inter"ga qarshi o‘yinda imkoniyatlarimizni chamalab olish uchun imkoniyat. Nimalarga qodirligimiz ayon bo‘ladi. "San-Siro" (Juzeppe Meatstsa)da o‘ynash yoqimli. Biz bu erga munosib ishtirok etish uchun keldik, - dedi Ballardini.
Milandagi o‘yin Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.
Fikrlar