"Jenoa" bosh murabbiyi bugungi muhim o‘yin oldidan nimalar dedi?

  • 21 aprel, 2021, 09:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eldor Shomurodov to‘p tepayotgan "Jenoa" klubi bugun o‘z maydonida "Benevento"ni qabul qiladi. Ushbu muhim o‘yin oldidan genuyaliklar bosh murabbiyi Davide Ballardini quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

Tecno

"Benevento"ga qarshi o‘yin biz uchun juda muhim hisoblanadi. Biz "Milan"ga qarshi juda yaxshi o‘yin o‘tkazdik, ularga qarshi munosib harakat qildik. Ammo "Benevento" - boshqa raqib. Ushbu klub maydonda yangi g‘oyalarni sinab ko‘rishga doim tayyor. Shu jihatdan ham ular kuchli. 

Raqib juda yaxshi mavsum o‘tkazyapti, deb o‘ylayman. Ularning sifatli o‘yiniga qaramay, ojiz tomonlaridan foydalanib ketishimiz zarur. Bu imtihondan o‘tishimiz kerak", - dedi Ballardini. 

Ushbu bellashuv Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!