
Jekson "Chelsi"ni tark etib, APLning boshqa bir klubiga o‘tmoqchi
"The Telegraph" nashrining xabariga ko‘ra, senegallik hujumchi hisoblangan Nikolas Jekson "Chelsi" rahbariyatiga jamoadan ketish istagini bildirgan, shuning uchun u 8 avgust kuni "Bayer"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuviga chaqirilmadi. Agar Jekson yozda klubni tark etsa, u faoliyatini "Nyukasl"da davom ettirishni xohlamoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, "Nyukasl" Benyamin Sheshko va Joao Pedro transferlari amalga oshmaganidan so‘ng Jekson bilan shartnoma imzolash masalasini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Biroq, ehtimoliy transfer "Nyukasl"ning Aleksander Isakni "Liverpul"ga qo‘yib yuborish-yubormasligiga bog‘liq bo‘ladi.
"Aristokratlar" hujumchini osonlikcha qo‘yib yuborish niyatida emas va faqat munosib taklif bo‘lsa, uni sotishga tayyor. London klubi Jekson uchun kamida 64 million funt talab qilmoqda.
Fikrlar