Jeko: "Biz g‘alabaga haqliroq edik"

  • 5 yanvar, 2023, 10:51
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriya 16-turidan o‘rin olgan markaziy o‘yinda "Inter" "Napoli"ga qarshi bahs olib bordi.

Tecno

Unda neapolliklar mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Bosniyalik hujumchi Edin Jeko uchrashuvdagi yagona golga mualliflik qildi. U bahs haqida fikr bildirdi.

"Shubhasiz, uch ochko uchun o‘yin bo‘ldi, biz "Napoli" juda kuchli futbol ko‘rsatganidan hayiqib qolmadik, shu asnoda ularga ko‘p narsa bajarishga ham imkon bermadik.

Biz g‘alaba qozonishga haqliroq edik. Qattiq ishlashda davom etaman, ortiqcha hech narsa bo‘lishi mumkin emas. Men 36 yoshdaman, lekin yangi marralarga ishtiyoqim baland", - dedi Jeko.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!