JCh finali. "Bavariya" - "Tigres": Matnli translyatsiya

  • 11 fevral, 2021, 23:24
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Assalomu alaykum, aziz futbol ixlosmandlari. Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finali boshlanish arafasida. Ushbu sahifa orqali o‘yinni matnli translyatsiya tarzida kuzatib borishingiz mumkin. O‘yinning xavfli vaziyatlarini o‘tkazib yubormaslik uchun sahifani yangilab turish tavsiya etiladi. 

YaNGILASh

90. Uchrashuv yakunlandi. Matnli translyatsiyani Abdulvosid Valixonov olib bordi. 

90+4. Jinyak yaxshi imkoniyatdan foydalana olmadi. Frantsuz o‘yinni qutqarishi mumkin edi. 

90+. Uchrashuv asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo‘shib berildi. 

90. Karioka ogohlantirildi. 

87. Kimmix ham darvoza tomon zarba berib ko‘rdi. Ammo Gusman yana o‘z o‘rnida ishonchli harakat qildi. 

85. Gusman Duglas Kostaning g‘oyat xavfli zarbasin qaytarib yubordi. 

81. Tolissoning zarbasi chap ustunga borib tegdi. 

80. Luis Rodriges o‘rniga Kinone maydonga tashlandi. 

78. Alfonso Devisning uzatmasini himoyachilar qaytarib yubordi. 

76. Zarbalar statistikasi 6:1. Myunxenliklar foydasiga. 

74. Sane, Levandovski va Koman zaxiraga olindi. Musiala, Duglas Kosta va Chupo-Moting ular o‘rnida harakat qiladi. 

73. David Alabaning zarbasi ancha xavfli chiqdi. Biroz noaniq. 

69. "Tigres" futbolchisi Luis Rodriges sariq kartochka ishlab oldi. 

65. "Bavariya" tarkibida o‘zgarish. Gnabri o‘rniga Tolisso maydonga tashlanmoqda. 

64. "Bavariya" burchak zarbasidan xavfli vaziyat yarata olmadi. 

60. GOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLL!!! Benjamin Pavar hisobni ochmoqda. Uning zarbasi Gusman uchun qaytarib bo‘lmas yo‘nalish oldi. 

58. Jinyakning uzatmasi sherigiga aniq etib bormadi. Hujum barbod bo‘ldi. 

57. Gnabrining reydi himoyachilar tomonidan osonlik bilan to‘xtatib qolindi. 

54. Pavarning jarima maydoni tomon yo‘llagan uzatmasi himoyachilar tomonidan qaytarildi. 

53. Leroy Sanening qo‘polligi bu galcha kartochkasiz qoldirildi. 

51. Gnabri jarima maydoni ichida to‘pni qabul qilib olib, ajoyib zarba berdi. Biroz noaniq. 

48. Koman jarima maydonchasiga ajoyib pas amalga oshirdi. Sanening yaqin masofadan bosh bilan bergan zarbasi esa biroz noaniq ketdi. 

46. Ikkinchi bo‘lim start oldi. 

45. Tanaffus. 

45+. Birinchi taymga 2 daqiqa qo‘shib berildi. 

43. Duenyas sariq kartochka ishlab oldi. 

37. "Tigres" tartibli himoyalanmoqda. 

34. Sanening jarima maydoni ichidan bergan zarbasi kuchli, ammo noaniq ketdi. 

34. Gnabri pressingda yaxshi harakat qilmoqda. 

32. Pisarroning zarbasini Noyer qiyinchiliksiz ushlab oldi. 

31. Ginones burchak zarbasi ishlab oldi. 

30. Leroy Sane raqib jarima maydoni ichida qoidani buzdi. 

29. Akino hujumda fol ishlatdi. 

27. Meksikaliklar to‘pni nazorat qilishga harakat qilmoqda. 

25. "Bavariya" yuqori bosim amalga oshirmoqda. 

25. Komanning zarbasini Gusman to‘qqizlikdan olib chiqdi. 

24. Alfonso Devis jarima maydoniga uzatgan to‘pni himoyachilar tepib yubordi. 

18. GOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!! Kimmix juda chiroyli gol urishga muvaffaq bo‘ldi... Shoshmang! Yo‘q, VAR vaziyatni qayta ko‘rib chiqqach, golni bekor qildi. Ofsayd!

15. Alfonso Devis jarima maydoni ichiga yorib kirdi. Ammo zarba o‘xshamadi. 

10. Ikkinchi burchak to‘pi ham myunxenliklarga naf keltirmadi. 

9. Kimmixning burchakdan uzatgan to‘pini himoyachilar yana maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

5. Gnabrining zarbasini Gusman qaytarishga erishdi. 

4. "Bavariya" to‘pni yaxshi nazorat qilmoqda. 

2. Burchak zarbasi "Tigres"ga samara keltirmadi. 

1. Andre-Per Jinyak yaxshi imkoniyatga chiqib bordi. Ammo uning zarbasi himoyachilar tomonidan vaqtida to‘xtatib qolindi. 

1. O‘yin boshlandi. 

22:55: Final boshlanmoqda. Matnli translyatsiyani Abdulvosid Valixonov e’tiboringizga havola etadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!