
"JCh-2022" saralashi. Qirg‘iziston Myanma darvozasiga 8 ta gol urdi
Hozirgina “JCh-2022” saralashining “F” guruh 7-turidan o‘rin olgan Myanma hamda Qirg‘iziston terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi.
Gollarga boy kechgan o‘yin 8:1 hisobida qo‘shnilarimizning yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni Qirg‘iziston terma jamoasi safida gollarni Tursunali Rustamov (22), Gulzhigit Alykulov (29), Farhad Musabekov (34), Alimardon Shukurov (45), Mirlan Murzaev (45, 61, 78) va Abai Bokoleev (63) kiritdi.
Ushbu uchrashuvdan so‘ng Qirg‘iziston guruhda Tojikistonni ortda qoldirdi va 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar