Jch-2022. Kamerun darvozaboni bosh murabbiy bilan urushib, jamoa qarorgohini tark etdi, vaziyatga federatsiya rahbari Eto'O ham aralashdi

  • 28 noyabr, 2022, 14:52
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon chempionati 2-turidan o‘rin olgan Kamerun - Serbiya uchrashuvi oldidan g‘alati voqea sodir bo‘ldi.

Tecno

"Cope" nashri tarqatgan ma’lumotlarga qaraganda, afrikaliklar darvozaboni Andre Onana bosh murabbiy bilan mojarodan so‘ng tarkibdan chetlatilgan. U jamoa ustozi Rigober Song tomonidan tanlangan taktikaga e’tiroz bildirgan.

Murabbiy posbondan uzoq masofaga ko‘proq pas berishini so‘ragan. Onana esa, bu uning uslubiga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilgan. Bu dialog Rigober va Andre o‘rtasida nizoga sabab bo‘lgan.

Kamerun futbol federatsiyasi rahbari Samuel Eto'O ikki tomon o‘rtasidagi ziddiyatni bartaraf etishga urinib ko‘rdi, ammo buni uddalay olmadi. Shundan so‘ng Andre Onana terma jamoa qarorgohini tark etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!