
JCh-2022. Ilk tur o‘yinlarida muxlislar nechta gol guvohi bo‘ldi? Eng ko‘p gol urilgan o‘yin esa...
Jahon chempionati 20 noyabrda mezbon mamlakat Qatar va Ekvador uchrashuvi bilan boshlandi. Bilamizki, turnirda 32 ta jamoa ishtirok etmoqda. Guruhlarda birinchi tur uchrashuvlari o‘z yakuniga etdi va unda umumiy 41 ta gol urildi.
Urugvay - Janubiy Koreya, Meksika - Polsha , Marokash - Xorvatiya va Daniya - Tunis uchrashuvlarida jamoalar nursiz durangga imzo chekdi.
Angliya va Eron o‘yinida 6:2 hisobi qayd etildi. Bu birinchi turning eng ko‘p gol urilgan o‘yini bo‘ldi. Shu tariqa, mazkur bahs mundiallar tarixidagi ekstra taymlarsiz eng uzoq vaqt davom etgan o‘yinga aylandi.
Fikrlar