JCh-2022. Eronlik futbolchilar Angliyaga qarshi o‘yin oldidan o‘z noroziligini antiqa tarzda namoyish etdi

  • 21 noyabr, 2022, 19:32
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatar mezbonligida o‘tayotgan Jahon chempionatining ikkinchi kunida "B" guruhi vakillari Angliya va Eron o‘zaro kuch sinashmoqda.

Tecno

E’tiborlisi, ushbu bahs oldidan osiyoliklar o‘z davlati madhiyasini kuylashdan bosh tortdi. Musiqa sadolari yangray boshlagan vaqtda futbolchilar jim turdi. Muxlislar esa ularni olqishladi.

Bu harakat Eronda bo‘lib o‘tayotgan voqealarga norozilik deya taxmin qilinmoqda.

Birinchi bo‘limda inglizlar Keyrush shogirdlari postini 3 bor ishg‘ol etdi. Ayni paytda bellashuvning ikkinchi taymi davom etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!