
JCh-2022. Bellingem: "Frantsiyadan yaxshiroq o‘ynadik"
Angliya terma jamoasi a’zosi Jud Bellingem JCh chorak finalidan o‘rin olgan Frantsiyaga qarshi bellashuvdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Ulardan yaxshiroq o‘ynadik, juda ko‘p vaziyat yaratdik, ammo foydalanishda xatolarga yo‘l qo‘ydik. O‘yin nazorati bizning qo‘limizda edi. Biz frantsuzlardan ko‘proq ustunlik qildik.
Bunday yuqori tempdagi bellashuvda barchasini tez qabul qilingan qarorlar va kiritilgan gollar hal qiladi. Afsus, bu borada oqsadik. Harakatlarimiz g‘alaba uchun etarli bo‘lmadi. Bu haqiqat va biz juda xafamiz",-dedi Jud.
19 yoshli yarim himoyachi joriy mundialda jamoasining asosiy futbolchilaridan biriga aylandi.
Fikrlar