
JCh-2022. Belgiya sensatsion tarzda Afrika jamoasiga mag‘lub bo‘ldi
Jahon chempionati 2-turidan o‘rin olgan Belgiya - Marokash uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda afrikaliklar 2:0 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, birinchi bo‘lim so‘ngida Hakim Ziesh jarimadan yo‘llagan zarbasi orqali hisobni ochgandi. Ammo hakam ofsayd tufayli uni bekor qildi. Ammo marokashliklar Abdulhamid Sabirining goli orqali jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Zakariyo Abduhilol oradagi farqni ikkitaga etkazdi.
Shu tariqa, Marokash JCh-2022dagi ochkolari sonini 4taga etkazib oldi. Belgiya hisobida 3 ochko bor.
Fikrlar