
JCh-2022. Argentina ustozi Lautaroni himoya qildi
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni hujumchi Lautaro Martinesni tanqidlardan himoya qildi.
"Inter" futbolchisi Avstraliyaga qarshi o‘yinning 71-daqiqasidagina maydonga tushdi, biroq ikkita golli vaziyatni qo‘ldan boy berdi va buning uchun jamoatchilik tanqidiga uchradi. Argentina esa yakunda baribir g‘alaba qozondi - 2:1.
"Lautaroni yomon o‘yini uchun tanqid qilish noto‘g‘ri, bu hammada bo‘ladi. U avvalgi bahslarda bizni ko‘p marta qutqargan, kelajakda u jamoaga juda ko‘p foyda keltiradi.
Lautaro Argentina terma jamoasi uchun juda muhim futbolchi, u hali o‘z so‘zini aytadi", deydi Skaloni o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.
Fikrlar