
Javohir Sindarov Germaniyadagi nufuzli musobaqada qatnashadi
Javohir Sindarov dunyodagi eng katta ochiq turnirlardan biri "Grenke Chess Open 2025"da ishtirok etadi. Musoabaqaning mukofot jamg‘armasi 225 000 evroni tashkil qiladi va unda ko‘plab grossmeysterlar qatnashishi kutilmoqda. Turnir 17–21 aprel kunlari Germaniyada bo‘lib o‘tadi.
Musobaqa formati shvetsarcha tizimda 9 tur o‘yinlar bo‘lib o‘tadi va g‘olib ochkolar hisobiga ko‘ra aniqlanadi.
Vaqt nazorati: 90+30 (Butun o‘yin uchun 90 daqiqa beriladi va har bir yurish uchun 30 soniya qo‘shib boriladi)
Turnir tarkibi bilan tanishing:
Javohir Sindarov
Magnus Karlsen
Fabiano Karuana
Arjun Erigaisi
Ian Nepomniachtchi
Aravind Chitambaram
Shaxriyar Mamedyarov
Uesli So
Levon Aronyan va 900dan ortiq shaxmatchilar
Musobaqada jami 17 ta 2700+ reytingli o‘yinchilar qatnashadi.
Fikrlar