Jasurbek Yo‘ldoshev ham o‘z jangini g‘alaba bilan yakunladi

  • 2 may, 2023, 21:27
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda.

Tecno

-80 kg vazn toifasida Jasurbek Yo‘ldoshevga jazoirlik Yunus Nemouchi raqiblik qiladi. Ushbu jang taxminan 21:00dan so‘ng boshlanadi.

Bokschilar ringga chiqib kelishdi. Hamyurtimiz qizil libosda, uning raqibi esa ko‘k formada harakat qiladi.

Birinchi raund boshlandi.

Bokschilar bir-birini o‘rganmoqda. Vaziyat bo‘lishi bilan ikkilik zarbalari berilmoqda. Jazoirlik bokschi ham yomon emas, u hamyurtimizni ringda ta’qib qilmoqda. Yunus Nemouchi aylanma va jeb zarbalarini bermoqda. Zarbalarning aksariyati tegmadi. Endi esa vakilimiz ikkilik zarbalari berdi. Ancha kuchli va aniq chiqdi. Afsuski, Jasurbek aylanma zarbasini o‘tkazib yubordi.

Birinchi raund yakunlandi. Hakamlarning barchasi hamyurtimizning ustunligini qayd etdi 5:0.

Ikkinchi raund boshlandi.

yunus ikkilik va uchlik zarbasini yo‘lladi. Hamyurtimiz himoyalanmoqda. O‘z navbatida qarshi hujumda Jasurbek ham aniq harakat qilishga urinmoqda. Yakkalik zarbalari havoga ketgan holatlar uchrab turibdi. Jasurbek Yo‘ldoshev yana zarbalar qabul qilib olmoqda. Himoyalanishda kamchiliklar ko‘zga tashlandi.

Ikkinchi raund yakunlandi. Hakamlar yana bir ovozdan vakilimizning ustunligini qayd etdi 5:0.

Uchinchi raund boshlandi.

Bokschilar ochiq jangga kirishib ketdi. Ketma-ket zarbalar kuzatilmoqda ikki bokschi tomonidan ham. Hamyurtimiz biroz tashabbusga erishmoqda. Biroq zarba berib ortga qaytayotganda, qarshilikka uchramoqda. Jasurbek yakkalik zarbalari bermoqda. Aniq chiqyapti hamyurtimizning urinishlari. Klinch. Uchinchi raund yakunlandi.

Umumiy hisobda Jasurbek 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, terma jamoa a’zolarining zafarli odimini davom ettirdi. 

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!