Jasur Yaxshiboev: Barcha imkoniyatimizni ishga solamiz

  • 16 sentabr, 2022, 16:35
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 19-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Qizilqum” o‘rtasidagi uchrashuv arafasida “lochinlar”ning 25 yoshli mahoratli hujumchisi Jasur Yaxshiboev bo‘lajak o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

“Qizilqum” ham joriy mavsumda jamoamiz singari sovrindorlar safidan joy olish uchun kurash olib bormoqda. Shu bois, bo‘lajak  o‘yin shiddatli  va keskin kurashlar ostida kechadi, degan umiddaman.

O‘tgan turda Jizzaxda “So‘g‘diyona” bilan bo‘lgan bahsda durangga imzo chekkan holda, ochko yo‘qotdik. Shu bois, biz – futbolchilar ham mazkur o‘yinning qanday ahamiyatga ega ekanligini tushunib turibmiz va bo‘lajak bellashuvda g‘alaba qozonish, muxlislarga quvonch ulashishga intilamiz va buni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz. Faqat buning uchun ishqibozlardan jamoamizni bevosita stadionda munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab, g‘alabamizga madadkor bo‘lishlarini so‘rab qolaman. 

Fursatdan foydalanib, bizga barcha sharoitlarni yaratib berayotgan Namangan viloyati hokimi Shavkat Shokirjanovich Abdurazzoqov, shuningdek, “Navbahor” PFK rahbariyati, jumladan, klub prezidenti Otabek Arifovich Samatovga jamoamiz nomidan o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Jamoamiz joriy mavsumda o‘z oldiga qo‘ygan yuksak maqsad, ya’ni, Osiyo Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun oxirigacha kurash olib boradi hamda buni amalga oshirish uchun biz – futbolchilar qo‘ldan kelganicha harakat qilamiz", - dedi "Real" darvozasini ishg‘ol qilgan Yaxshiboev.

 

Manba: "Navbahor" PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
● 10 ●
16/09/2022 17:43
Реал дарвозасини ишгол килган футболчи.... Улаа далбаёб.