Jastin Getji va Iliya Topuriya o‘zaro jang qiladimi?

  • 30 avgust, 12:13
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Engil vaznda UFC chempioni Iliya Topuriya haqida tarqalgan ma’lumotlar yolg‘on ekani ochiqlandi. Uning menejeri Lukash Orzel barcha xabarlarni rad etdi.

Tecno

“UFC 322 doirasida Jastin Getjiga qarshi jang haqidagi gaplar — to‘liq yolg‘on. Kimdir soxta akkaunt orqali mening nomimdan soxta surat chiqarib, keyin uni o‘chirib yuborgan. Biroq ba’zi OAVlari tekshirmasdan bu xabarni tarqatib yubordi. Iliya hozir hatto mashg‘ulot lagerida ham emas. Chunki unda jang uchun hech qanday taklif yo‘q”, — dedi Orzel.

Ma’lumot uchun, Iliya "UFC 317" turnirida braziliyalik Charlz Oliveyrani 1-raunddayoq nokautga uchratdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!