
Janubiy Koreya finalda Saudiya Arabistoni ustidan zafar quchdi va Osiyo chempioni bo‘ldi
Xabaringiz bor ayni kunlarda Tailandda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun musobaqaning so‘nggi hal qiluvchi final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni terma jamoasi maydonga tushdi. O‘yin koreyaliklarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Yagona gol 114-daqiqada Jeong Tae tomonidan kiritildi.
Fikrlar