
Janubiy afrikaliklar Angliyadagi bu golni 10 yil kutdi
Angliya Premer-ligasining uchinchi turida “Byornli” o‘z maydonidagi uchrashuvda “Aston Villa”dan 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Mezbonlarning yagona golini Layl Foster urdi. Foster so‘nggi o‘n yilda Angliya Pemer-ligasida to‘p kirita olgan birinchi janubiy afrikalik o‘yinchiga aylandi.
Janubiy Afrika Respublikasi futbolchilaridan so‘nggi bor Angliya chempionatida Stiven Pienaar o‘zini ko‘rsatgan edi. 2013 yilning oktyabrida “Everton” sharafini himoya qilgan afrikalik o‘yinchi “Xall Siti”darvozasini ishg‘ol qilgandi.
O‘shandan beri bu mamlakat vakillariga Angliya chempionatida o‘z nomiga gol yozdirib qo‘yish nasib qilmay kelgan.
Fikrlar