
Janjalkash futbolchi "Barselona"ga keladi
"Inter", "Atletiko" va "Barselona" "Arsenal" yarim himoyachisi Matteo Genduzi xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
L'Equipe nashri ma’lumotiga ko‘ra, uchala klub mutasaddilari ham "kanonirlar" rahbariyati bilan frantsiyalik futbolchining transferi borasida aloqaga chiqib ulgurgan.
Oldinroq, amaldagi kelishuvi 2022 yil yozida yakunlanadigan futbolchi klub murabbiylar shtabi bilan munosabatlari yomonlashgani sabab jamoa mashg‘ulotlaridan chetlatilgani haqida xabar berilgan edi.
Joriy mavsumda 21 yoshli futbolchi londonliklar safida 34 o‘yinda maydonga tushib, uchta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar