Jamshid Saidov: "Ochig‘i, o‘yin haqida aytadigan deyarli gap yo‘q. Bizni maydalab tashlashdi"

  • 23 noyabr, 2024, 06:26
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 25-turida "Qizilqum" "Navbahor"ni qabul qildi va 1:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Tecno

- Ochig‘i, o‘yin haqida aytadigan deyarli gap yo‘q. Bizni xuddi yosh bolalardek engishdi. Maydalab tashlashdi. To‘liq, barcha vaziyatlarda yutqazdik. Izohsiz. 

- Jamoliddin Ubaydullaevning o‘yinida xatolar kuzatildi.

- Butun jamoa juda yomon o‘yin ko‘rsatdi. Hech kimni alohida ko‘rsatib bo‘lmaydi. Hammamiz yutqazdik. Kimnidir alohida aybdor qilmoqchi emasman.

- Superligadagi ishtirokingiz haqida fikringiz?

- Yana bir tur bor. Hozir nimadir deb ayta olmayman. Hammasini ko‘rib turibsiz. Oxirigacha kurashamiz.

- Ilhomjon Vahobov nega maydonda emas edi?

- U oilaviy muammolari sababli bugungi bahsni o‘tkazib yubordi.

- Zaxiradan tushganlar o‘yinga ta’sir qilmadimi?

- Vaholanki, biz sxemani o‘zgartirdik va to‘p ham kiritdik. Keyin himoyadagi xatolar sababli gollar o‘tkazib yubordik. Juda yomon o‘ynadik.

- Yangi mavsumda kimlarni olib qolmoqchisiz?

- Buni vaqt ko‘rsatadi. Hozir nimadir deyishdan foyda yo‘q. Chempionatni tugatgach, hammasi ma’lum bo‘ladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!