Jamshid Saidov iste’fo haqida: "Bu masalani rahbariyat hal qiladi"

  • 16 iyun, 2024, 03:41
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qizilqum” – “Andijon” (3:3) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida navoiyliklar bosh murabbiyi Jamshid Saidov savollarga javob qaytardi.

Tecno

- “Andijon” jamoasi qanday o‘yin namoyish etishini bilardik. Hammasi yaxshi boshlangandi. Afsus, yutuqqa erisha olmadik. Uch marta qarshi xujumda gol o‘tkazib yubordik. “Andijon” bizdan ko‘ra qo‘proq g‘alabani xohlab maydonga tushdi. Bugun zaxiradan qo‘shilganlar yordam bermadi. Raqibda esa aksincha, zaxiradan maydonga tushganlar o‘yinni kuchaytirdi. Bizni qo‘llagani kelgan muxlislarga rahmat aytaman. Biron nima deyishga ojizman. O‘yin bunday yakunlanganidan afsusdaman.

- “Qizilqum”da natija beqaror bo‘lib turibdi. Iste’fo berishingiz bo‘yicha gap-so‘z bormi?

- O‘ylaymanki, hali hech nima yo‘qotganimiz yo‘q. O‘yinlar oldinda. Rahbariyat hal qiladi. To‘g‘ri, hozir natija yo‘q. Baribir bu masalani rahbariyat hal qiladi. Bilyapsizlar, chempionat juda og‘ir o‘tmoqda. Jamoalar oxirigacha kurashmoqda. Hozir bu xususida aniq gap ayta olmayman.

- “Qizilqum”ga transfer taqiqi qo‘yilgan. Bu sizga qanchalik xalaqit beradi?

- Buni vaqt ko‘rsatadi, ko‘ramiz. Hali vaqt bor. Muammolarni rahbariyat hal qiladi. O‘ylaymanki, barcha masalani hal qila oladilar.

- Mavsum boshida Shaxboz Jo‘rabekov yaxshi taassurot qoldirayotgandi. Oxirgi uchrashuvlarda nimagadir bunday emas...

- Men ham tushunmayapman. O‘tgan o‘yinda ham yomon o‘ynagan edi. Bugun ham zaxiradan tushib foydasi tegmadi. Raqib 10 kishi qolganidan keyin o‘yinga temp qo‘shishdi. Bizda xatolar ketidan xatolar. 3 marta qayta hujumda jazolandik.

- O‘tgan yili Muhammadali G‘iyosov o‘zini ko‘rsayotgandi, bu mavsumda qandaydir unday emas...

- Muhammadali G‘iyosovni omadi kelmayapti. Harakat qilyapti. Masalan, o‘tgan yili Nimeli ham o‘zini ko‘rsatgandi, bu yil esa yo‘q. Vaqt kerak, jarohatdan keyin tiklanib olish uchun. Hali maydonni his qilib olmagan. O‘tgan yili yaxshi o‘yin namoyish etgan ko‘plab o‘yinchilar bu yil ko‘rinishmayapti. Balki ikkinchi davrda biz kutgandek o‘ynab qolar. Qandaydir muammosi bordir, bizga qorong‘u. 25 ta futbolchilarning har birida har xil fe’l atvori, har xil muammolari bo‘ladi. Futbolda omad birinchi o‘rinda turadi. O‘tgan yili uni hujumda ko‘rgan edik, hozir chap qanot yarim himoyada harakatlanmoqda.

- Ikkinchi davrada jamoa o‘zagi saqlanib qolinadimi?

- Har nima bo‘lishi mumkin. Transfer oynasi ochilganda kerakli joylarimizni kuchaytiramiz. Bizga to‘g‘ri kelmayotgan futbolchilar ham bor. Ko‘plab jamoalar bunday imkoniyatdan foydalanishadi, biz ham jamoada o‘zgarish qilishga harakat qilamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
998913335306
16/06/2024 11:50
Совринли урин олишга харакат килиш кере. Факат суперлигада уйнасак тушиб кетмасак булди деб юрмасдан