
Jamshid Boltaboev qaysi klubni tanlaydi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, “Navbahor”ni tark etgan yarim himoyachi Jamshid Boltaboev hamon biror klub bilan shartnoma imzolagani yo‘q.
Uning mavsumni qaysi jamoa safida boshlashi muxlislarni qiziqtirayotgani bor gap.
Unga taklif bilan chiqqan klublar bisyor edi. Sports.uzga ma’lum bo‘lishicha, Boltaboev uchun kurashda “Bunyodkor” bilan “Neftchi” asosiy favoritlar bo‘lib turishibdi.
Agar voqealar rivoji tubdan o‘zgarib ketmasa Jamshid 2025 yilni ikki klubdan birida boshlaydi.
Futbolchi o‘tgan yili “Navbahor” safida Superliga, O‘zbekiston Kubogi va OChLda hammasi bo‘lib 34 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 3 tadan gol va assist bor.
Fikrlar