
Jahongir Zokirov bronza medalini qo‘lga kiritdi
Ayni kunlarda Tailandning Chiang May shahrida kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati davom etyapti.
Bugungi kun doirasida, +92 kg da Jahongir Zokirov qozog‘istonlik Oybek Oralbay bilan o‘zaro jang qildi. Murosasiz va keskin kurashlarga boy o‘tgan bahsda Oralbay ustunlik qildi. Yakuniy hisob 5:0. Shunday qilib, Zokirov Osiyo chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Osiyo chempionatining final janglarida ishtirok etuvchi barcha bokschilarimizga omad tilab qolamiz.
Fikrlar