CHERY AUTO

Forbes jurnalining talqiniga ko‘ra, PSJ hujumchisi Kilian Mbappe 21 yoshgacha bo‘lgan eng qimmat futbolchilar reytingida birinchi bo‘ldi.

Tecno

Transfermarkt va CIES portaliga tayangan holda, 21 yoshli forvardning narxi 183,3 mln evroga baholandi.

Ro‘yxatning ikkinchi pog‘onasini "Atletiko" a’zosi Joau Felish (104 mln evro) egallagan bo‘lsa, "Chelsi"ning germaniyalik yarim himoyachisi Kay Xaverts (98 mln evro) uchinchi o‘rinda qayd etildi.

"Top-10"dan quyidagi futbolchilar joy oldi; Alfonso Devis ("Bavariya", Kanada; 88,3 mln evro), Matteys de Ligt ("Yuventus", Gollandiya; 86,8 mln evro), Jeydon Sancho ("Borussiya" Dortmund, Angliya; 86,8 mln evro), Erling Xoland ("Borussiya" Dortmund, Norvegiya; 68,3 mln evro), Ashraf Xakimi ("Inter", Marokash; 66,3 mln evro), Viktor Osimxen ("Napoli", Nigeriya; 63 mln evro) va Ferran Torres ("Manchester Siti", Ispaniya; 57,7 mln evro).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!