
Jahon futbolida hech qachon bunaqasi bo‘lmagan!
“Manchester Siti”ning Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqishi argentinalik futbolchi Xulian Alvares nomini tarixga mixladi.
Bu sovrin orqali Alvares bir mavsum davomida ham jahon chempionati, ham Evropa Chempionlar ligasida chempion bo‘lgan futbol tarixidagi birinchi o‘yinchi bo‘ldi.
Shuningdek, u bir mavsumda jahon chempionligi va treblga erishgan yagona futbolchi sifatida ham nomini tarixga kiritdi.
Xulian Alvares mavsumning birinchi qismida Qatarda o‘tkazilgan jahon chempionatida Argentina terma jamoasi safida oltin medalga sazovor bo‘lgan edi.
23 yoshli Alvares yakunlangan mavsumda “Manchester Siti” safida jami 49 ta o‘yin o‘tkazib, raqiblar darvozasiga 17 ta to‘p kiritdi.
Fikrlar