
Jahon chempionatiga chiqqanday bo‘ldik
Odatda, jahon chempionatiga chiqqan terma futbolchilari ko‘zga ko‘rina boshlaydi. Mamlakat futboli darajasini ko‘p hollarda o‘sha termaning mundiallardagi ishtiroki bilan ko‘p bog‘lashadi.
O‘zbekiston hali mundialga chiqmagan (nasib etsa, bu safar shunga yaqinmiz). Biroq jahon chempionatiga chiqmay turib ham mamlakat futbolini dunyo darajasida tanitib bera oladigan individuallar bizda ko‘rinish berayotgani - katta yutuq.
Bugun biz jahon chempionatiga chiqqanday bo‘ldik. Buning uchun Abduqodirga, uning ota-onasiga, ustozlari va mazkur "katta sakrash"ga sababchi barchaga tashakkur. Mundialga borishimiz oxirgi ikki haftadagi kabi shovqinli bo‘ladimi? Xuddi Abduqodirning "Siti"ga o‘tishidek xursand qila oladimi? Bilmadim.
Shunisi aniqki, Evropaning katta arenalariga o‘zbek futbolchilarining yo‘li "Etihad"dan boshlanadi. AQShgacha kutib o‘tirmadik, muddatidan avval masalani hal qildik.
Karim Xudayqulov
Fikrlar