
Jahon chempionati. Yosh MMAchilarimiz BAAni yondirmoqda!
BAAning Abu-Dabi shahri o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida MMA bo‘yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
O‘zbekiston MMA assotsatsiyasi raisi o‘rinbosari Muzaffar Radjabov boshchiligida 70 nafar hamyurtimiz dunyo birinchiligidagi ishtirokini davom etyapti.
Kuni kecha yana ikki nafar sportchimiz medallarni qo‘lga kiritdi.
Oltin medal:
Abubakr Mirzaxo‘jaev
Bronza medal:
Diyorjon Ahmadjonov
Ma’lumot uchun, ushbu jahon chempionatida 53 ta mamlakatdan 900 nafardan ortiq sportchi g‘oliblik uchun kurashmoqda. Eng katta delegatsiyalar - Ukraina (118 nafar), O‘zbekiston (70 nafar), Tojikiston (47 nafar), Qozog‘iston (33 nafar).
Fikrlar