
Jahon chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi keyingi bosqichga yo‘l oldi!
Futzal bo‘yicha Jahon chempionati guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan Misr – O‘zbekiston uchrashuvi yakunlandi. Mazkur bahsda terma jamoamiz 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Uchrashuvning ikkinchi daqiqasida Nishonov gol urib, hisobni ochdi. Ikkinchi taymning dastlabki daqiqalarida Misr futbolchisi oradagi farqni yo‘qqa chiqardi.
34-daqiqada Anasxon Rahmatov super gol urib, termamizni keyingi bosqichga olib chiqdi.
Fikrlar
Кейинги уйинда омад.