
Jahon chempionati dzyudochilarimiz uchun yakunlandi
Yaponiyaning Tokio shahrida shahrida poyoniga etib borayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionati terma jamoamiz uchun o‘z poyoniga etdi. Bugun eng og‘ir vazn toifasidagi polvonlar bahsi bo‘lib o‘tmoqda.
+100 kilogramm vazn toifasida bahslarga kirishgan vakilimiz Bekmurod Oltiboev ikkinchi davradan bahslarni boshladi va bu bosqichda tojikistonlik Shakarmamad Mamadovga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shu tariqa terma jamoamiz vakillarining musobaqadagi ishtiroki yakunlandi.
Ushbu jahon chempionati biz uchun -60 kilogramm vazn toifasida Sharofiddin Lutfillaevning qo‘lga kiritgan kumush medali bilan tugadi.
Fikrlar