Jahon chempionati. Bugun 5 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz
Bugun Sofiya shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida 4 ta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.
Kun davomida terma jamoamiz a’zolaridan Sa’dulla Ravshanov (-73 kg), Inomjon Bahodirov (-81 kg), Maftuna Ahmedova, Gulsanam Hazratova (ikkisi -57 kg) va Zuhrajon Umarova (-63 kg) medallar yo‘lida tatamiga chiqishadi.
O‘smirlarimizning ilk davradagi uchrashuvlari:
-73 kg: Sa’dulla Ravshanov — Ali Aljadi (Kuvayt);
-81 kg: Inomjon Bahodirov — Derrik Tomas (AQSh);
-57 kg: Maftuna Ahmedova — Gil Perri (Isroil);
-57 kg: Gulsanam Hazratova — Miroslava Bondarenko (Kanada);
-63 kg: Zuhrajon Umarova — Ana Skilevich (Bosniya va Gersegoviniya).
Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.



Fikrlar