
Ivan Boshkovich: "Durang adolatli natija"
O‘zbekiston Superligasi 2-turidan o‘rin olgan "Metallurg" – "So‘g‘diyona" – (0:0) o‘yinidan so‘ng mehmon jamoa bosh murabbiyi Ivan Boshkovich jamoasining o‘yin sifati haqida gapirdi.
"O‘yin ancha qiziqarli kechdi. Raqibimiz ancha yaxshi shakllangan jamoa. Bugun bizga gol urishga imkoniyat bermadi. Umumiy kartinada durang adolatli natija.
Vaziyatlar yaratyapmiz, ammo, yakuniy pallalarda sovuqqonlik etishmayapti. Jamoam namoyish etayotgan o‘yin menga yoqyapti. Sifat bor. Keyingi o‘yinlarda gol ham keladi. "Metallur"ga va uning murabbiyi bo‘lgan do‘stimga esa omad tilayman".
O‘zPFL matbuot xizmati.
Fikrlar