Italiyani mundialga olib chiqolmagan Manchini 2 ta grand klub e’tiboriga tushdi

  • 27 mart, 2022, 20:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyiRoberto Manchini yangi mavsumda e’tiboran yana klubda faoliyat yuritishi mumkin. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqla.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, italiyalik mutaxassisga "Pari Sen-Jermen" va "Manchester Yunayted" klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Aytish lozimki, ushbu ikki grand klubda vaziyat yaxshi emas va shu sababli rahbariyat yangi murabbiy qidirmoqda. Ular ayni damda Robertoning atrofidagi vaziyatlarni diqqat bilan kuzatishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Manchini boshqaruvidagi Italiya terma jamoasi JCh-2022 saralashining pley-off bosqichida o‘z maydonida Shimoliy Makedoniya (0:1) terma jamoasiga imkoniyatni boy berdi va mundial yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!