
Italiya futboli afsonasi Eron klubini boshqarishi mumkin
Moskvaning "Spartak" klubi sobiq bosh murabbiyi Massimo Karrera faoliyatini Eronda davom ettirishi mumkin.
Eronning "Persepolis" klubi italiyalik mutaxassisni bosh murabbiy lavozmiga nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda. Bu haqida Tehran Times nashri xabar bermoqda.
Xabarlarga ko‘ra, Eron chempionatining 11 karra g‘olibini Krunoslav Yurchich yoki Aleksandr Nuri boshqarishi ham mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning oktyabr oyida Karrera "Spartak" klubini tark etgandi.
Ma’lumot uchun, 55 yoshli Karrera Italiya chempioni , mamlakat kubogi va superkubogi (1995), UEFA Chempionlar ligasi (1996) g‘olibi bo‘lgan.
Fikrlar